AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyadan terrorçilarning bir neça yetakçilarini olib çiqib ketgan. Bu terrorçilar Yaqin Şarqning boşqa davlatlarida qöllanişi mumkinligi haqida ma'lumot bor, deb ma'lum qildi Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy.
“AQŞ boşçiligidagi koalitsiya terrorçilar yetakçilari va bir neça yirik terrorçilarni qutqarib, mintaqadan olib çiqib ketdi va öz nazoratida uşlab turibdi. Ular bu terrorçilarni mintaqaning boşqa joylarida qöllamoqçiligi alomatlari bor. Fikrimça, Markaziy Osiyoda, Kavkazda terrorçilik tahdidi mavjud, şu sababki, terrorçilarning bir qismi Afğonistonga taşlanayotgani alomatlari va guvohliklari bor”, deb aytgan Hotamiy “Rossiya-24” telekanaliga.
Eron vaziri Rossiya va Eron xalqaro koalitsiya davlatlaridan farqli ravişda, “Suriya suverenitetini hurmat qilgan va Suriya hukumati bilan kelişgan holda” terrorçilarga qarşi kuraş olib borgan.
“AQŞ boşçiligidagi boşqa guruh esa terrorçilikka qarşi kuraşiş örniga, bu terrorçilarni boşqargan. Boşqaça aytganda, terrorçilar ular manfaati uçun harakat qilganda, ularni qöllab-quvvatlagan, qutqarib, olib çiqib ketganlar va aksinça, terrorçilar ularning manfaatlariga zid bölgan joylarga zarbalar berib, terrorçilarga hujum qilganlar”, deb aytgan Hotamiy.








