Amsterdamning “Ayaks” klubi öz maydoni “Amsterdam Arena”ni keyingi mavsumdan jamoaning sobiq futbolçisi, afsonaviy Yoxan Kroyff şarafiga qayta nomlaydi.

Keyingi mavsumdan stadion “Yoxan Kroyff Arena” deb atala boşlanadi. Şuningdek, Kroyffning tuğilgan kuni – 25 aprelda klubning yangilangan logotipi taqdim qilinadi.

Kroyff 2016 yil 24 martda 68 yoşida vafot etgan. U “Ayaks”, “Barselona” va Niderlandiya terma jamoasi safida töp surgan. Kroyff faoliyatini yakunlagandan keyin ikki klubga ham murabbiylik qilgan.