2018 yilning 6 aprel kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida “Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga yangi investitsion va innovatsion ğoyalarni topiş va amalga oşiriş, işlab çiqarilgan mahsulotlarning eksportini moliyalaştiriş masalalari böyiça belgilangan çora tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani ötkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari xamda Özmilliybankning mutassaddi xodimlari iştirok etdi. Bu haqda Özmilliybank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özmilliybank tizimidagi filiallar tomonidan 2017 yilda joylarda kiçik biznes sub'yektlari tomonidan intensiv köçatlar yetiştiriş, intensiv boğlar yaratiş, meva va sabzavotlar yetiştiriş, meva-sabzavotlarni qayta işlaş, qadoqlaş va muzlatgiçli omborxona taşkil etiş, aholiga körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, klinikalarni zamonaviy jarrohlik va diagnostik meditsina asbob-uskunalar bilan ta'minlaş hamda farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş, içki bozorni özimizda işlab çiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan töldiriş, mahalliy xom aşyo bazasini kengaytiriş va import örnini bosuvçi dori-darmonlar işlab çiqarişni köpaytiriş maqsadida tayyorlangan 265 ta loyihalarni moliyalaştiriş uçun 3,1 trln. söm kredit mablağlari ajratildi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida 23 ta loyiha 556 mlrd. sömga, Samarqand viloyatida 18 ta loyiha 404 mlrd. sömga, Andijon viloyatida 29 ta loyiha 263 mlrd. sömga, Navoiy viloyatida 10 ta loyiha 258 mlrd. sömga va Toşkent şahrida 31 ta loyiha 315,0 mlrd. sömga moliyalaştirildi.
Şahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş Dasturlariga asosan 46 600 ta yangi işçi örinlarini yaratiş rejalaştirilgan 2 870 ta loyihalarni moliyalaştiriş uçun bankning 5,6 trln. söm kredit mablağlari ajratiladi. Jumladan, sanoat sohasidagi 466 ta loyihalarga 3,9 trln. söm; xizmat körsatiş sohasidagi 836 ta loyihaga 622,0 mlrd. söm, qişloq xöjaligi sohasida 1 571 ta loyihaga 1,1 trln. söm bank kreditlari ajratiladi.
Qişloq xöjaligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş va saqlaş quvvatlarini barpo etişga 868,0 mlrd. söm va zamonaviy issiqxonalar taşkil qilişga 262,0 mlrd. söm uzoq muddatli imtiyozli kredit mablağlari ajratiladi.
Bugungi kunda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan jahon tajribalarini örganiş, sifatli eksportbop va import qilinayotgan mahsulotlar örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş uçun yangi innovatsion ğoyalarni amalga oşiriş uçun investitsiyalar ajratilmoqda.
Joriy yilning 23 martida prezident tomonidan imzolangan “Bank xizmatlari ommabopligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3620-sonli Qarori ham kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga yanada qulaylik yaratiş, bank xizmatlari tezkorligini ta'minlaş hamda bank tizimiga bölgan işonçni yanada oşiriş maqsadida qabul qilingan navbatdagi qaror böldi.












