Mahalla bankiri fuqarolar bilan suhbatlaşib, işini rivojlantiriş uçun qanday kömak zarurligini örganmoqda. Hozirga qadar mahallada yaşovçilarning ayrimlariga zarur asbob-uskunalarni xarid qiliş, boşqalariga esa yangi faoliyat boşlaş uçun moliyaviy yordam ajratilgan.

Mahallada tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilar faoliyati bir-biridan farq qiladi. Kimdir oilaviy kasbni davom ettirgan, kimdir yillar davomida egallagan hunarini rivojlantirgan, yana kimdir uyida boşlagan işini kengaytirişga harakat qilmoqda. Ularning umumiy masalasi esa bir: faoliyatini takomillaştiriş uçun mablağ va zarur jihozlarning yetişmasligi.

Habib Abdullayev mahallasida “Özsanoatqurilişbank” ATB bilan hamkorlikda ana şunday fuqarolarning ehtiyojlari örganilib, ularning biznes ğoyalari amaliy loyihalarga aylantirilmoqda.

Mahalladagi şirinlik va non mahsulotlari işlab çiqariladigan sexda bugun töqqiz turdagi mahsulot tayyorlanadi. Uç xil keks, pryanik, buloçka va boşqa mahsulotlar yetkazib beriladigan korxonada 17 nafar xodim mehnat qiladi. Ularning beş nafari şu mahallada yaşaydi. Tadbirkorning aytişiça, bank tomonidan taqdim etilgan moliyaviy kömak işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga yordam bergan.

“Özsanoatqurilişbank” ATBdan taxminan 100 million söm atrofida summa oldik. Şu mablağ hisobidan kerakli asbob-uskunalarni xarid qildik. Natijada işlab çiqarişimiz kölami ança oşdi, taxminan 30–40 foizga köpaydi”, – deydi Araik Gukasyan.

Işlab çiqariş hajmining ortişi mahsulotlarning savdo geografiyasiga ham taʼsir qilgan. Bugun sexda tayyorlanayotgan şirinliklar mahalladagi oziq-ovqat dökonlari va savdo nuqtalariga yetkazib berilmoqda. Mahalla bankirining taʼkidlaşiça, mahalliy işlab çiqaruvçining mahsulotini şu hududning özida sotiş imkoniyati ham muhim. Çunki bunda yetkazib beriş xarajatlari kamayadi, mahsulot narxi nisbatan qulay böladi va mahalladoşlar yangi tayyorlangan mahsulot bilan taʼminlanadi.

Tadbirkorning kelgusidagi rejasi esa işlab çiqarişni yanada kengaytiriş.

“Hozirgi faoliyatimizni rivojlantirib, keyinçalik filiallar oçmoqçimiz. Işni bosqiçma-bosqiç kengaytirişni rejalaştiryapmiz va bank bilan hamkorlikni davom ettiriş niyatidamiz”, – deydi u.