AQŞning Orion Span kompaniyasi 2022 yilgaça koinotda mehmonxona – Aurora  stansiyasini oçiş haqidagi rejasini ma'lum qildi. Bu haqda loyiha rahbari Frenk Bunger SpaceNews naşriga sözlab berdi.

Orion Span dunyodagi ilk lyuks sinfidagi, ikki kişilik xonalari bölgan va koinot kemalarida qaçondir joylaştirilgan eng köp sonli oynalarga ega koinot mehmonxonasini qurişni rejalaştirmoqda. 

Kompaniya mijozlari Aurora bortida 12 kun ötkazişlari mumkin böladi: ular stansiyada ösimliklar ötqazişlari, qutb yoğdusini kuzatişlari va vaznsizlik holatida bölişlari mumkin böladi.

Koinot mehmonxonasida joy bronlaş uçun 80 ming dollar miqdorida oldindan haq tölaş lozim. Butun sayohatning narxi esa bir kişi uçun 9,5 mln dollarni taşkil qiladi. Kompaniya vakillari fazogir böliş fikridan qaytgan mijozlar oldindan kiritilgan garov pulini qaytib olişlari mumkinligini aytişgan.

Foto: Orion Span
Foto: Orion Span
Foto: Orion Span

Sayohat narxiga 3 oylik parvozoldi tayyorgarligi hamda stansiyaga va ortga parvoz kiradi. 

Ma'lum qilinişiça, Aurora öz içiga 6 kişi, jumladan ekipajning 2 a'zosini siğdira oladi. Stantsiya qurilişining aniq qiymati ma'lum qilinmagan, biroq ta'kidlanişiça, u bir neça ön million dollarni taşkil qiladi.