Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 10 apreldan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari 5.93 sömga arzonlagan va 1 dollar 8094 sömu 99 tiyinga teng bölib turibdi. 

Bir yevro kursi 39,68 sömga arzonlab, 9936,60 sömga yetgan.

1 Rossiya rubli kursi esa 2,30 sömga tuşib, 139,37 sömni taşkil qilmoqda.

Qayd etiş kerakki, fevral oyi boşida 8200 sömga yaqinlaşgan dollar kursi keyingi haftalar davomida uzluksiz arzonlab kelmoqda.

Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.