Kemerovo oblasti xalq deputatlari kengaşi bir ovozdan sobiq gubernator Aman Tuleyevni Kuzbass parlamenti raisi etib saylaşdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

«Yaşirin ovoz berişda byulletenda Aman Tuleyev nomzodi bor edi. Haqiqiy byulletenlar soni 39ta çiqdi, şundan 38tasida nomzod yoqlangan, bir kişi qarşi bölgan. Ovoz beriş natijalariga köra, oblast kengaşiga Tuleyev Aman Gumiroviç rais etib saylangan», deyilgan xabarda.

Deputatlar qarşisidagi çiqişida Tuleyev hududga rahbarlik qilgan vaqtida «bir keçani ham xotirjamlikda ötkazmagani», barça kuçini işga bağişlagani, xudo oldida vijdoni toza ekanini qayd etib ötgan.

Tuleyev Kemerovo oblastini 20 yildan ortiqroq muddat boşqardi, u ötgan oy oxirida Kemerovo şahridagi «Zimnyaya vişnya» savdo markazida röy bergan, 64 kişi ölimi bilan yakunlangan yonğindan keyin iste'foga çiqdi.

U iste'foga çiqqaç, hududiy parlamentda böş mandatni egalladi. 2016 yil oktabridan buyon parlamentga raislik qilgan Aleksey Sinitsin deputatlar Tuleyevga ovoz bera olişi uçun vakolatlarini topşirdi. Parlamentariylar Sinitsinning bayonotini qöllab-quvvatlaşdi va bu lavozimga sobiq gubernator nomzodi ilgari surildi.