Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Limon yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi» rahbariyati tasdiqlandi.

Nuritdin Zaynutdinoviç Faxrutdinov uyuşma raisi etib, Akbar A'zamoviç Saidov esa uyuşma raisining Agrotexnologiya va işlab çiqariş masalalari böyiça örinbosari tasdiqlangan.

Şuningdek, hukumat qaroriga köra «Kartoşka yetiştiruvçilar uyuşmasi» raisi Elyor Toşpölatovga örinbosarlar tasdiqlangan. Bu lavozimlarni Abdusalim Xolboyeviç Yusupov va Ğayrat Abduhamidoviç Abduvohidov egallagan. 

Eslatib ötamiz, «Limon yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi» Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 martdagi «Özbekiston Respublikasida limonçilik sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan taşkil etilgandi.

«Kartoşka yetiştiruvçilar uyuşmasi» esa prezidentning 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan taşkil etilgan bölib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoşka uruğçiligini rivojlantiriş, hosildorligi yuqori bölgan kartoşka köçatlarini yetiştirişni taşkil etiş hisoblanadi.