Toşkent şahrida narkolaboratoriya foş etildi. U yerda giyohvand modda aralaştirilgan şirinliklar işlab çiqarilgani aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bölinmalari, şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbiri ötkazilgan. Unda 2002-yilda tuğilgan yigit internet narkodökonda zakladçik sifatida işlab kelgani aniqlangan.
Uşbu narkokurer tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan Yaşnobod tumanida töxtatib tekşirilgan. Uning yonidan 58 dona öramda tarqatişga möljallangan 74 gramm gaşiş moyi topilgan. Olib borilgan tezkor suriştiruv işlarida u giyohvandlik vositalarini doimiy ravişda 2002-yilda tuğilgan narkodökon omborçisidan olib turgani oydinlaşgan.
Şundan söng tezkor tadbir Çilonzor tumani Dömbirobod mahallasida davom ettirilgan. Jarayonda narkodökon omborçisi ijara xonadonida narkolaboratoriya taşkil etgani aniqlangan.
Manzildan 3,5 kg gaşiş moyi, zakladka usulida tarqatişga tayyorlab qöyilgan 361 dona öramda jami 350 gramm gaşiş moyi, 600 gramm gaşiş, gaşiş moyidan tayyorlangan 1,5 kg peçene, tört dona qadoqda gaşiş moyi marmeladlari hamda boşqa jihoz va uskunalar aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olingan.
Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida 19 250 dozaga teng bölgan jami 6 kg giyohvandlik vositalari hamda narkolaboratoriyada işlatiladigan turli buyumlar olib qöyilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












