Freedom House xalqaro taşkiloti dunyoning turli mamlakatlaridagi erkinlik darajasini baholovçi yangi hisobotini taqdim etdi. Unda xalqaro taşkilot Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston va Özbekistonni erkin bölmagan "avtokratiyalar" deb atadi. Hisobotda bu mamlakatlarda "siyosiy raqiblarga bosim ötkazilişi va mustaqil faollar hamda dadil jurnalistlar ta'qib qilinişi" qayd etilgan. 

Şunday bölsa-da, hisobotda Özbekistonga alohida töxtalib ötilgan. Unga köra, sönggi vaqtlarda mamlakatda söz erkinligi yaxşi tomonga özgargan va mamlakatda röy berayotgan islohotlarni "yoruğ doğ" deb ataşgan. 

2017 yil yakunlariga köra, Özbekistonda sönggi 20 yilda birinçi marta erkinlik reytingi körsatkiçlari ösgan. 

Foto: Freedom House

"Bu yil Makedoniya, Özbekiston va Estoniya "yoruğ doğ" sifatida qayd etildi... Özbekistondagi muhit 2005 yildan buyon birinçi marta ijobiy tomonga özgargan. Sörovnomaga köra, Özbekiston körsatkiçlar böyiça bular orasida eng yaxşisi deb topilgan bölsa-da, Estoniyaning körsatkiçlari biryöla uç toifa böyiça yaxşilangan", - deyiladi ma'ruzada.

"Hukumat fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilişga oçiqligini namoyiş etdi va hatto majburiy mehnat bilan boğliq vaziyatni kuzatişga izn berildi. Mamlakat şuningdek 2011 yilda öz idorasini yopişga majbur bölgan Human Rights Watch delegatsiyasini taklif qildi, ular davlat amaldorlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uçraşişdi. Xalqaro huquqni muhofaza qiliş taşkilotlari mamlakatda öz ofisini qayta oça olmagan bölsa-da, bu borada qöyilgan qadamlarning öziyoq - ijobiy işora", - deyiladi ma'ruzada. 

Bundan taşqari, Freedom House hisobotida Özbekistonning ommaviy axborot vositalari ança oçiq faoliyat yuritayotgani - jonli efirlarning yölga qöyilişi, tanqidiy körsatuvlar namoyişi kuzatilayotgani qayd etilgan. Jurnalistlar majburiy mehnat kabi avval muhokamaga qöyilmagan mavzularni kötara boşlaşgani, bu ayniqsa onlayn yangiliklar naşrlarida kuzatilayotgani e'tirof etildi. Jurnalist Bobomurod Abdullayev va yozuvçi Nurullo Otaxonovlarga ayblovlar qöyilganda ham matbuot uçun muhit yaxşilangani qayd etilgan. 

"Özbekistonning qiladigan işlari hali oldinda. Partiyalar örtasidagi real raqobat tiklanişi kerak, odamlar mavjud imkoniyatlaridan foydalanişi uçun iqtisod erkinlaşişi kerak. Oldinda bosib ötilişi kerak bölgan uzoq yöl bor, biroq ayni damda Özbekiston özgarmoqda va sönggi ön yillikda birinçi marta uning kelajagi haqida oldindan biror nima deyiş qiyin", - deya yakun yasalgan hisobotning Özbekistonga doir bölimida.