Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi qator taşkilotlar bilan hamkorlikda yoşlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bölib kamol topişga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Yilning eng faol yoş mutaxassisi” tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda kasaba uyuşmasiga a'zo turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoşgaça bölgan yoş mutaxassislar “Eng faol yoş bank xodimi”, “Eng faol yoş ipakçilik sanoati xodimi”, “Eng faol yoş içki işlar xodimi”, “Eng faol yoş quruvçi”, “Eng faol yoş olim”, “Eng faol yoş tarbiyaçi”, “Eng faol yoş transportçi”, “Eng faol yoş fermer”, “Eng faol yoş şifokor”, “Eng faol yoş aviaxodim”, “Eng faol yoş geolog”, “Eng faol yoş dasturçi”, “Eng faol yoş kimyogar”, “Eng faol yoş konçi”, “Eng faol yoş maşinasoz”, “Eng faol yoş metallurg”, “Eng faol yoş neftgaz sanoati muhandisi”, “Eng faol yoş temiryölçi”, “Eng faol yoş elektrotexnik”, “Eng faol yoş energetik” yönaliş-nominatsiyalari böyiça iştirok etişi mumkin. Talabgorlar tanlov nominatsiyasi nomini körsatgan holda özi mehnat qilayotgan korxona kasaba uyuşmasi qömitasiga tegişli hujjatlarni taqdim qiladi.

Tanlov uç bosqiç, ya'ni korxona, taşkilot va muassasa (tuman, şahar)lar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri hamda respublika bosqiçida tarmoqlar miqyosida ötkaziladi. 

“Yilning eng faol yoş mutaxassisi” tanlovi ğoliblari orasidan saralangan mutaxassis, ya'ni yangi işlanma va loyihalariga ega bölgan, loyihasi samarasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa qöşadigan, ijtimoiy-siyosiy faol bir nafar yoş mutaxassis kasaba uyuşmalarining granti bilan taqdirlanadi. Tanlovda har bir yönaliş böyiça ğoliblar Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi hamda boşqa taşkilotlarning diplom va esdalik sovğalari bilan mukofotlanadi.

Ğoliblarga mukofotlar joriy yilning avgust oyida taşkil etiladigan “Yoş mutaxassislar” V respublika forumida tantanali ravişda topşiriladi.

Tanlov haqidagi ma'lumotlar bilan Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining internet tarmoğidagi www.kasaba.uz portali orqali tanişişingiz mumkin. 

Murojaat uçun telefonlar: (+998 71) 252-78-39, 256-76-57.