“Terminator” filmining yangi qismini suratga oladigan rejissyor Tim Miller Deadline naşriga bergan intervyusida Arnold Şvartseneggerning örnini qaysi aktyor egallaşini ma'lum qildi.
Rejissyorning aytişiça, Şvartseneggerning qahramoni rolini 35 yoşli amerikalik aktyor Gebriyel Luna ijro etadi. Luna asosan televizion loyihalarda iştirok etgan.
Filmni suratga oliş işlari yozda boşlanadi. Film premerasi 2019 yil 22 noyabrga belgilangan.
Yaqinda 70 yoşli Şvartseneggerning yuragida jarrohlik amaliyoti ötkazilgandi. U öziga kelgaç “Terminator” filmida aytgan maşhur “I'll be back” (Men hali qaytaman) iborasiga söz öyini qilib, “I'm back” (Men qaytdim), deb aytgan.












