«PSV Eyndxoven» Niderlandiya Erediviziyasining 31-turida «Ayaks»ni qabul qildi. Eyndxovendagi «Filips» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi birinçi golga Gaston Pereyro mualliflik qildi, u «Ayaks» darvozasini 23-daqiqada işğol qildi. Lyuk de Yong bölim oxirida «PSV» ustunligini mustahkamladi, ikkinçi bölim boşida Steven Bergveyn öyinga nuqta qöyuvçi golni urdi.
«PSV» endilikda, mavsum yakuniga 3 tur qolganida 80 oçko töplagan holda muddatidan avval Niderlandiya çempionligini kafolatladi, «Ayaks» 70 oçkosi bilan ikkinçi örinda qoldi.
Qayd etiş kerakki, bu çempionlik «PSV» uçun tarixdagi 24-çempionlik böldi. Bungaça Eyndxoven klubi 1929, 1935, 1951, 1963, 1975, 1976, 1978, 1986, 1987, 1988, 1989, 1991, 1992, 1997, 2000, 2001, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008, 2015 va 2016 yillarda Niderlandiya çempionligini nişonlagan.
Niderlandiya birinçiligidagi ğalabalar soni böyiça «PSV» ikkinçi örinda, birinçi natija – «Ayaks»ga tegişli – 33 marta.
Niderlandiya çempionati
31-tur
PSV – Ayaks 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Pereyro, 2:0 – 38 de Yong, 3:0 – 54 Bergveyn.
PSV – Zut (Rom, 89), Şvaab, Brenet, Aryas, Izima-Miren, Pereyro, van Ginkel, Losano, Xendriks, Bergveyn (Lyukkassen, 72), de Yong (Ramselar, 55).
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Veber (de Yong, 46), Ziyeş (Mazraui, 85), Şene, Neres, van de Bek, Klyuyvert, Xuntelar (Dolberg, 69).
Ogohlantirişlar: Xendriks (30), Talyafiko (35), Onana (83), Neres (86).
Çetlatişlar: Talyafiko (80), de Yong (83).








