Germaniya çempionatidan örin olgan «Maynts» - «Frayburg» (2:0) öyini boş hakami Gvido Vinkmann ğalati penalti belgiladi.
U 1-bölim tugaganini anglatuvçi huştagini çaldi va jamoalar kiyiniş xonasiga yöl olişdi. Ammo, hakamning video-yordamçisi «Frayburg» jarima maydonida qoida buzilganini va penalti belgilaş lozimligini aytdi. Şundan söng, hakam jamoalarni maydonga qaytardi va «Frayburg» darvozasiga penalti belgiladi.
«Maynts» yarimhimoyaçisi Pablo De Blasis uni aniq amalga oşirdi.











