Bugun, 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalaş-obodonlaştiriş işlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilişni taqiqlaş va uşbu holatlarga yöl qöygan barça darajadagi hokimlar va rahbarlarning şaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oşirişga qaratilgan çoralarni belgilaş» masalasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.
Boş vazir bugungi kunda öqituvçi va şifokorlarning majburiy mehnatga jalb etilişi odatiy holga aylanib qolgani haqida gapirgan.
«Xalq ta'limi vaziri, janob, Inoyatov Uluğbek Ilyosoviç. Nega şu kungaça aniq bir çora körilmagan, yoki taklif kiritilmagan. Iş beruvçi sifatida ham nima uçun bironta öqituvçining manfaatini himoya qilib çiqmagansiz?
Ta'lim-tarbiya mazmunini, uning sifatini qaçon yaxşilaysiz. Agar öqituvçilaringiz şu tarzda majburiy mehnatga jalb etilişi davom etsa, qaçon ta'lim sifatini oşirişga erişişimiz mumkin böladi?», deya Abdulla Aripovning sözlarini keltirgan «Kun.uz» manbasi.
Xalq ta'limi vaziri özini oqlamoqçi böldi va tanqidga uçradi










