Stiven Spilberg DC comics'ning Qora loçin töğrisidagi komiksini ekranlaştiradi. Bu haqda USA Today Warner Bros. studiyasi raisi Tobi Emmerixning bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Bu Spilbergning DC komikslari böyiça birinçi filmi böladi hamda superqahramonlik janridagi ilk kartinasiga aylanadi. Film ssenariysi ustida «Yura davri boği» va «Olamlar uruşi» ssenariyçisi Devid Kepp işlaydi. Kartina syujyeti Qora loçin boş qahramoni atrofida quriladi, u Ikkinçi jahon uruşi vaqtida professional uçuvçilar guruhiga rahbarlik qiladi.
Yangi film qaçon katta ekranlarga çiqişi hozirça noma'lum.
Eslatib ötamiz, avvalroq Stiven Spilberg barça davrlarning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli kinematografisti maqomini mustahkamlab, filmlari jahon prokatida 10 milliard dollardan ortiq mablağ töplagan ilk rejissyor sifatida e'tirof etilgandi.












