Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spilberg Apple bilan hamkorlikda "G‘aroyib voqealar"ning davomini suratga oladigan bo‘ldi
Amerikaning Apple korporatsiyasi rejissyor Stiven Spilbergning Amblin Television kompaniyasi bilan "G‘aroyib voqealar" serialining davomi bo‘lgan 10 epizodning yaratilishida hamkorlik qilishga doir shartnomani imzoladi. Wall Street Journal shu haqida xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, har bir epizodning narxi 5 million dollardan oshadi. Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, epizodlarni suratga olish jarayonlarida "Qahramonlar", "Odamxo‘r" seriallari orqali tanilgan ssenariynavis va prodyuser Brayan Fuller ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, Fuller mashhur "Yulduzli yo‘l"ni teleserial formatida qaytarish ustida ishlamoqda.
"G‘aroyib voqealar" Apple'ning birinchi televizion loyihasi bo‘ladi. Bu mashhur serialning qaytishi bo‘ladimi yoki uning syujyet liniyasi davomimi - hozircha noma'lum. Ilk seriyaning namoyish sanasi ham oshkor etilmagan. Spilbergning o‘zi, taxminan, ijrochi prodyuser vazifasini o‘taydi.
"G‘aroyib voqealar" - fentezi va xorror elementlariga ega serial. U 1985 yildan NBC telekanalida ikki yil davomida namoyish etilgan. Teleserial g‘oyasi uning bir necha epizodlariga rejissyorlik qilgan Stiven Spilbergga taalluqli.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026