Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarning yangi turlari nafaqat yuqori sifatli va hamyonbop narx bilan, balki bizning eng muhim ehtiyojlarimizga ham javob beradi. Ayniqsa, bu bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga taalluqlidir.
Bolaning aynan ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojini ma'lum bir me'yorda qondirish uchun «Nestle» kompaniyasi tomonidan o‘zbek bozori uchun butunlay yangi bo‘lgan mahsulot «NIDO®» sutli ichimligini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Yangi mahsulot asosi – yog‘liligi 1,8 foiz bo‘lgan tabiiy sut. Mahsulot Namanganda joylashgan «Nestle» zavodida ishlab chiqarilgan va sifati hamda xavfsizligi bo‘yicha barcha xalqaro standartlarga javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, «Nestle» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchilar qatorida qadoqlangan ultrapasterizatsiyalangan sutini ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu jarayon sut temperaturasini tezlik bilan baland darajaga ko‘tarib, xuddi shunday tez sovitishdan iborat.
Ushbu texnologiya tabiiy sutning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda, zararli mikroblarni o‘ldiradi. Biroq bolalarga aqliy va jismoniy topshiriqlari oshganda qo‘shimcha ko‘mak kerak. Bugungi kun o‘quvchilari boshidan o‘tkazayotgan bu murakkabliklar ota-onalarni tashvishga solib qo‘ymoqda. Bolalar o‘quv jarayoniga jalb qilinib, hayotga birinchi mustaqil qadamini tashlar ekan, har bir ona, bolasi o‘z nazoratida bo‘lmagan paytlari uning to‘liq va bir me'yorda ovqatlanishini qanchalik uddalay olarkanman, deb o‘ylaydi. Bolaning ovqatlanish tartibi bu davrda uning aqliy va jismoniy sog‘ligining muhim jihatlaridan biri sanaladi. Tabiiy sut asosida ishlab chiqarilgan ushbu ichimlik maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishida foydali qo‘shimcha hisoblanadi. Bunga sabab uning tarkibida vitamin va mikroelementlar mavjudligidir. Ushbu yangi mahsulotda yog‘ miqdori 1,8 foizni tashkil etadigan sut bolaning yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatini yaxshilaydigan temir va V vitamini, immunitetni kuchaytiradigan A va S vitaminlari va rux, shuningdek, bolaning o‘sishi uchun oqsil va D vitamini bilan boyitilgan.
Bugungi kunda mahsulot O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida joylashgan do‘konlarda mavjud bo‘lib, ota-onalar farzandlari hatto ularning nazorati ostida bo‘lmaganda ham ularga g‘amxo‘rlik qilish imkoniyatini beradi. «NIDO®» juda qulay – uni bolalar o‘zi bilan birga maktabga, sport mashg‘ulotlariga yoki piyoda sayohatga olib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bolalar uchun shirin ta'm va nozik vanil hidiga ega.








