Özbekistonda bolalar uçun möljallangan Nestlé ozuqasining ayrim partiyalari ixtiyoriy ravişda qaytarib olinmoqda. Nestlé NAN mahsulotlarini Özbekiston böylab yetkazib beruvçi “Balton Trading” kompaniyasi vakili Kun.uz’ga uning qaytariliş jarayoni haqida ma’lumot berdi.
Sönggi kunlarda özbek internet segmentida Nestlé kompaniyasining bolalar ozuqasi bilan boğliq xabari keng muhokama qilinmoqda. Gap çaqaloqlar iste’mol qiladigan mahsulot haqida ketgani uçun, tabiiyki, köplab ota-onalarda savol va xavotirlar paydo böldi.
Nestlé kompaniyasi Özbekistonda bolalar ozuqasining ayrim çeklangan partiyalarini qaytarib olişini e’lon qildi. Bunga sabab mahsulot tarkibidagi araxidon kislotasi deb ataladigan ingrediyent bilan boğliq ehtimoliy xavf borligi. Uşbu modda taşqi ta’minotçi orqali keltiriladi va uning tarkibida juda oz miqdorda tsereulid deb ataluvçi toksin bölişi mumkin.
Tsereulid nima özi?
Tsereulid – ayrim bakteriyalar işlab çiqaradigan toksin bölib, u organizmga tuşganda ötkir zaharlaniş alomatlarini keltirib çiqarişi mumkin. Asosiy belgilari – köngil aynişi, qusiş va qorin oğriği. Nestlé ma’lumotiga köra, real zaharlaniş holatlari qayd etilmagan. Ya’ni hozirgaça bolalar soğliğiga zarar yetgani haqida rasmiy ma’lumot yöq. Kompaniya şunçaki “xavf bölişi mumkin” degan ehtimolning öziniyoq yetarli deb hisoblab, oldindan çora körmoqda.
Aytiş kerakki, bu faqat Özbekistonda emas. Nestlé bu mahsulotlarni Yevropa bozori, Osiyoning ayrim davlatlari va Yaqin Şarq mamlakatlarida ham qaytarib olmoqda.
Özbekistonda qaysi mahsulotlarga tegişli?
Nestlé rasman e’lon qilgan, qaytarib olinayotgan mahsulotlar röyxatida: NAN 1, NAN 2, NAN kislomolochniy, NAN Supreme hamda ALFARE Amino kabi mahsulotlarning aniq partiya raqamlari körsatilgan:
• NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari.
• NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari.
















