Şveytsariyaning Nestle kompaniyasi tez eriydigan quruq sut va sut-qatiq aralaşmalari va şifobaxş parhez ovqatlaniş aminokislotalari asosidagi quruq aralaşmaning bir qismini Rossiyada savdodan ixtiyoriy ravişda olib taşlamoqda.
Bu «taşqi ta’minotçidan xomaşyo (araxidon kislotasi) tarkibida tsereulid toksini mavjudligi ehtimoliy xavfi aniqlangani» sababli ehtiyot çorasi sifatida amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi «Nestle Russia».
Araxidon kislotasi (ARA) - bu ona sutida tabiiy ravişda mavjud bölgan Omega-6 köp töyinmagan yoğ kislotasi. U bolalarning normal ösişi va rivojlanişi uçun, ayniqsa, miya, asab tizimi va suyak-muşak tizimining şakllanişi uçun zarur. Kompaniya aralaşmalar tarkibini ona sutiga maksimal darajada yaqinlaştiriş va çaqaloqlarni tölaqonli oziqlantiriş uçun aralaşmalarga ARA qöşadi. Tsereulid Bacillus cereus bakteriyasining ba’zi ştammlari tomonidan işlab çiqariladigan toksin. U issiqqa çidamli bölib, köngil aynişi va qusişga olib kelişi mumkin.
Kompaniya «ta’sir körsatişi mumkin bölgan bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining çeklangan partiyalari» qaytarib olinayotganini ta’kidladi. «Qaytarib oliş boşqa partiyalarning mahsulotlariga va Rossiyada Nestle kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan boşqa har qanday bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga ta’sir qilmaydi», deb tuşuntirdi kompaniya.
Reuters ma’lumotlariga köra, Nestle Yevropaning köplab mamlakatlarida, jumladan, Avstriya, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Şveytsariya va Buyuk Britaniyada SMA, BEBA va NAN bolalar aralaşmalari partiyalarini qaytarib olmoqda. Avvalroq, Qozoğistonda ham şunday çora körilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Avstriya Soğliqni saqlaş vazirligi qaytarib oliş jarayoni 10 dan ortiq Nestle zavodlarining 800 dan ortiq mahsulotlariga ta’sir qilganini va bu kompaniya tarixidagi eng yirik qaytarib oliş jarayoni ekanini e’lon qildi.
Öz navbatida, Nestle vakilining agentlikka ma’lum qilişiça, bunday aralaşmalarning iste’mol qilinişi oqibatida heç qanday kasallik yoki alomatlar aniqlanmagan.

















