«Nestle Food» kompaniyasi Özbekiston hududida bolalar ozuqasi mahsulotlarining çeklangan miqdorini – tez eruvçan sutli va nordon sutli quruq aralaşmalarni, şuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus diyetik davolaş uçun quruq aralaşmalarning ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravişda qaytarib olişini e’lon qildi.
Kompaniya xabariga köra, qaror ehtiyot çorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib oliş jarayonining bir qismi» hisoblanadi. Bunga taşqi ta’minotçi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi tsereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bölgan. Uning organizmga tuşişi ötkir zaharlanişni keltirib çiqaradi, asosiy belgilari köngil aynişi, qusiş va qorin oğriğidir.
Qaytarib oliş quyidagi mahsulotlar partiyasiga tegişli:
• NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari.
- NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari.
- NAN Kislomolochniy (0-12 oy) – 51230017A1 partiyasi.
- NAN Supreme (0-12 oy) – 52790742C1 partiyasi.
- ALFARE Amino –51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1 partiyalari.
Ta’kidlanişiça, uşbu ingrediyentning miqdori juda kam bölişiga qaramay va Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida tsereulid toksini miqdorini me’yorlaş talab etilmasa-da, Nestle kompaniyasining «ehtimoliy xavflarni kamaytiriş böyiça global qarori doirasida 5 yanvardan boşlab bolalar ozuqasi mahsulotining çeklangan partiyalarini ixtiyoriy ravişda qaytariş çoralarini» amalga oşiradi. «Nestle Food» bu qaror haqida Özbekiston regulyatorini xabardor qilgan.
Qayd etilişiça, körsatilgan partiyalarning mahsulotini xarid qilgan iste’molçilar uni belgilangan tartibda qaytarişi mumkin. Mahsulotlarni qaytarib oliş amaliyoti yuqorida keltirilgan mahsulotlarning boşqa partiyalari va Nestle kompaniyasi tomonidan Özbekistonda taqdim etilgan bolalar ozuqasi boşqa mahsulotlariga tegişli emas.
Avvalroq, Nestle kompaniyasi xavfli toksin tufayli Yevropa

















