Eron AQŞning rejalarini buziş maqsadida dollarning milliy valyuta — riyolga nisbatan barqaror kursini örnatişga qaror qildi, deb yozadi Anadölu agentligi.
Erondagi valyuta inqirozi AQŞning Eronda iqtisodiy inqiroz keltirib çiqarişga bölgan urinişidir, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
Eronning IRNA axborot agentligi xabariga köra, Ruhoniy Tehronda Eron hukumati vakillari bilan uçraşuv ötkazgan.
Uning sözlariga köra, Eron AQŞning rejalarini barbod qiliş uçun dollarning Eron riyoliga nisbatan barqaror kursini joriy qilişga qaror qilgan.
Bu qaror Eronning 80 millionlik aholisi manfaatlariga töliq mos keladi, degan Ruhoniy.
Prezident AQŞ 12 may kuni Eron bilan yadroviy kelişuvlar haqida qaror çiqarişni rejalaştirmoqda.
«AQŞ Eron xalqiga qarşi qaratilgan qarorni qabul qilib, bizning içki bozorimizga bosim uyuştirişi mumkin. Lekin dollar kursining barqarorlaştirilişi AQŞga nisbatan javob böldi», — degan Ruhoniy.
Eslatib ötamiz, ayni paytda 1 AQŞ dollarining qiymati 45 ming Eron riyoliga teng.











