Rossiya Premer-Ligasining 27-turida TsSKA öz maydonida «Krasnodar»ni qabul qildi. Moskvadagi «VEB Arena» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali ğalabasi bilan tugadi.
Öyindagi barça gollar ikkinçi bölimda urildi. Avvaliga, 53-daqiqada Yuriy Gazinskiy mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi, ammo öyinning qolgan qismida TsSKA vaziyatni öngladi. Ahmad Musa 73 va 85-daqiqalarda jamoaga muhim ğalaba keltirgan gollarni urdi.
Endilikda TsSKA 51 oçko bilan RFPL turnir jadvalida ikkinçi örinni mustahkamladi, «Krasnodar» 47 oçko bilan beşinçi örinda.
Bu öyin keyingi mavsumda Çempionlar ligasiga yöllanma beradigan uçlik uçun muhim kuraş edi.
Bugungi ğalabadan keyin TsSKA hisobida 51 oçko bor. Moskvaliklar jamoasi ayni vaqtda premer-liga turnir jadvalida ikkinçi örinda, bugun Tulaning «Arsenal»i bilan durang öynab qöygan «Zenit» (4-örin)dan 2 oçko ilgarilagan, özaro uçraşuvda mağlub etilgan «Krasnodar» (5-örin) 4 oçkoga ortda qoldirilgan.
3-örinda 50 oçko bilan «Spartak» joylaşgan. Bu jamoa 27-tur uçraşuvini ertaga «Axmat»ga qarşi ötkazadi.
Çempionat peşqadami «Lokomotiv» öz maydonida «Ufa»ni yenga olmadi - 0:0.
«Temiryölçilar» RFPLda qatorasiga ikkinçi öyinda oçko yöqotmoqda, ufaliklarning ğalabasiz seriyasi davom etdi - jamoa qatorasiga 4 öyinda oçko yöqotdi (2 durang va 2 mağlubiyat).
Endilikda «Lokomotiv» 57 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, «Ufa» 36 oçko bilan oltinçi örinda.
Keyingi turda, 30 aprel kuni «Lokomotiv» safarda «Krasnodar»ga qarşi öynaydi, «Ufa» «SKA-Xabarovsk»ni qabul qiladi.
«Tosno» esa «Amkar»ga yutqazdi. Sankt-Peterburgdagi «Petrovskiy» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ğoliblar safida gollarga Mixail Kostyukov va Aleksandr Ryazantsev mualliflik qildi. Şu tariqa, «Tosno» RFPLdagi ğalabasiz seriyasini 6 öyinga yetkazdi va turnirni tark etiş xavfi ostida qoldi.
Ayni vaqtda «Amkar» 31 oçko bilan RFPL turnir jadvalida 13-örinda joylaşgan, «Tosno» 24 oçko bilan 15-örinda qolmoqda.













