Özbekistonda soğlom va xaqqoniy sportni tarğibot qiliş hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini Özbekistonda samarali amalga oşiriş, Özbekiston Respublikasi sportçilarining 2020 yil Tokio şahrida (Yaponiya) bölib ötadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya öyinlariga tayyorgarligiga barça şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida Prezident Şavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi qarorni imzolagan edi.
Qaror bilan, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qömitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining «Milliy antidoping xizmati» negizida «Sport psixologiyasi bölimi"ni taşkil etiş közda tutilgan bölib, Agentlik tarkibida 3ta bölim va 2ta komissiya taşkil etilişi natijasida sportçilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boşqa mutaxassislarga soğlom va haqqoniy sportni tarğiboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta'minlaş kabi dopingga qarşi kuraşiş borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oşiriş belgilab berilgan.
Ana şulardan kelib çiqqan holda, milliy çempionatimizda halol futbolni tarğib qiliş, turli qinğirliklar va ğirromliklarga barham beriş maqsadida, futbolçilar örtasida ham doping tekşiruvi yölga qöyiladi.
Futbol uçraşuvlari yakuniga yetganidan keyin PFL rasmiy vakilining talabiga köra jamoadagi istalgan futbolçi (hattoki u maydonga tuşmay, faqat zaxirada ötirgan bölsa ham) doping tekşiruvi uçun olib qolinadi.
Bundan taşqari, doping tekşiruvini amalga oşiruvçi maxsus mutaxassislar istalgan jamoaning maşğulotiga taşrif buyurib, istalgan futbolçini yoki butun jamoani doping tekşiruvidan ötkaziş huquqiga ega böladi.
Tekşiruvlar natijasida, ta'qiqlangan moddalarni iste'mol qilgan futbolçilar aniqlansa, ularga nisbatan qat'iy jazo çoralari qöllaniladi.











