Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tomonidan 2018 yil 27 aprel kuni taşkil etilgan “Sud-tergov faoliyatida inson huquqlari kafolatlarining kuçaytirilişi” mavzusidagi davra suhbati bölib ötdi. U Özbekiston Respublikasining 2018 yil 4 apreldagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuçaytiriş böyiça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuni ijrosini ta'minlaş hamda sudlar va huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatiga joriy etişning ilmiy, nazariy va amaliy jihatlariga bağişlandi.

Tadbirda uşbu qonun bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi bilan 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi”gi PF-5268–son Farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilganligi alohida ta'kidlandi.

Majlis iştirokçilari qabul qilingan Qonun dalillar va tezkor-qidiruv ma'lumotlarini soxtalaştiriş jinoyat deb e'tirof etilganligiga; fuqarolarning huquk va erkinliklarning kafolatiga ta'sir etadigan odil sudlovga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlik kuçaytirilişiga; jinoyat protsessida şaxs huquq va erkinliklariga rioya qilinişi holati ustidan nazorat kuçaytirilganiga urğu berdilar.
Davra suhbati iştirokçilari tomonidan uşbu qonun sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta'minlaşga, ularning şa'ni va qadr-qimmatining kamsitilişiga yöl qöyilmasligiga, şuningdek sudlar va tergov organlarining mas'uliyatini oşirişga, xalqimizning huquqni muhofaza qiliş organlariga va sudga bölgan işonçini mustahkamlanişiga xizmat qilganligini e'tirof etdilar.








