Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Fyodor Yemelyanenko amerikalik Frenk Mir bilan jangidan bir neça kun oldin Federal qidiruvlar byurosi agentlari tomonidan söroq qilingan. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda. Yemelyanenko va Mir örtasidagi jang Çikagoda 28 aprel keçasi (Toşkent vaqti bilan 29 aprel ertalab) bölib ötadi. 

Yemelyanenko va uning jamoasi AQŞga 24 aprelda kelgan. 3 kun avval rossiyalik töxtagan mehmonxonaga FQB agentlari kelib, uni söroq qilişgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, FQB xodimlari keyinroq yana mehmonxonaga kelişgan. 

The Telegraph’ning qayd qilişiça, Yemelyanenkoning janglariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşrif buyurib turadi hamda Rossiya va AQŞ Suriya ixtilofini tartibga solişda iştirok etayotgani hisobga olinsa, unda “bölgan voqea Yemelyanenkoning xavfsizligini ta'minlaş masalasi bölgan bölişi mumkin”.

Bundan taşqari, Yemelyanenko avval Affliction Entertainment taşkiloti ötkazgan musobaqalarda iştirok etgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp bu taşkilotda uluşga ega bölgan. Trampning şaxsiy advokati, hozirda FQB tomonidan jinoiy iş oçilgan Maykl Koen taşkilotning boşqaruvçi direktori bölgan. 

Ikki hafta avval Koenning mehmonxonadagi xonasida maxsus prokuror Robert Myuller olib borayotgan iş bilan boğliq holda tintuvlar ötgan. Koen göyoki Tramp bilan işqiy munosabatlarga kirgan aktrisaga “oğzini yopiq saqlaşi” uçun 130 ming dollar tölagan. Bundan taşqari, FQB Koenni firibgarliklarda ayblamoqda.

Yemelyanenko Mir bilan Bellator 198 musobaqasining 1-bosqiçi doirasida uçraşadi.