Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fedor Yemelyanenko Bellator çorak finali doirasida amerikalik Frenk Mir bilan oğir vazn toifasida keçgan bellaşuvdan avval AQŞ Federal qidiruv byurosi tomonidan söroq qilingani haqida aytdi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

«Ha, bir hafta davomida mening işlarim köpayib ketdi, bu ham FQB tergovi, hamda bojxona bilan muammolar, biroq men hammasini yaxşi hal qildim. Meni rus josusi ekanim haqida ayblaşmadi», - dedi Yemelyanenko matbuot anjumanida.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Mir bilan jang avvaldan reja qilingandan biroz boşqaçaroq keçdi.

«Sababi yengilroq zarbani baribir ötkazib yubordim. Biroq hammasi yaxşi yakun topdi. Frenk kuçli va öylab harakat qiladigan jangçi, u çöqqida edi, hamda hozir ham yaxşi darajada.

Çempion böliş imkoniyatiga kelsak, mening ortimda köplab insonlar turibdi. Köplar menga işqibozlik qiladi, qayğuradi. Men işqibozlar armiyasi orqamda turganini tuşunaman va ularning işonçini oqlaşga harakat qilaman», - deya qöşimça qilib ötdi sportçi.

Yemelyanenko yarim finalda amerikalik Çeyl Sonnen bilan uçraşadi. Jang sentabr oyida bölib ötadi.