Anqara va Toşkent ikki institut uçun infratuzilmani şakllantiriş masalalarini işlab çiqadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Xalqaro Otaturk aeroportida Toşkentga parvozi oldidan jurnalistlarga şunday bayonot berdi.

Erdöğan taşrif doirasida Toşkentda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşişi, Oliy Majlisga murojaat qilişi va ikki mamlakatning yetakçi banklari hamda kompaniyalari rahbarlarining biznes-forumida iştirok etişini ma'lum qildi.

Turkiya prezidentining sözlariga köra, u 1 may kuni köhna Buxoroga borib, Buyuk Ipak yöli ötgan qadimiy şaharni ziyorat qiladi. 

"Buxoroga taşrif katta ahamiyatga ega. Turkiya Özbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturudiy nomidagi islom tadqiqotlari markazini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu masalani özbek hamkasbim bilan muhokama qilganmiz va tegişli kelişuvga erişganmiz. Taşrif davomida barça masalalar işlab çiqiladi. Aynan şuning uçun ham Özbekistonga katta delegatsiya yöl olmoqda", - dedi prezident.

Uning sözlariga köra, Özbekistonga taşrif ikki mamlakat munosabatlariga yangiça nafas bağişlaydi. 

Turkiya davlati rahbari şuningdek Özbekistonga taşrifidan söng Seulga parvoz qilişi, u yerda 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan birga-bir va kengaytirilgan formatda uçraşuvlar ötkazişini qöşimça qildi.