«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi hamda Boeing korporatsiyasi navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner yölovçi samolyotini yetkazib beriş böyiça şartnomani imzoladi. Uşbu qöşimça samolyotni hisobga olgan holda, Özbekistonning milliy aviataşuvçisi 2020 yilgaça öz parkida uşbu turdagi oltita samolyotga ega böladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qilmoqda.

Joriy yilning may oyi örtalarida yetkazib berilişi kutilayotgan uçinçi Dreamliner MAK aviaparkida mavjud bölgan avvalgi ikkita Boeing-787-8 Dreamliner’dan yölovçi örindiqlarining soni oşiqligi - umumiy soni 270 (biznes klassda 24ta, iqtisod klassda 246ta) va ekipaj dam olişi uçun alohida bölinma taşkil etilganligi bilan farqlanadi.

Uşbu samolyotda ham aviakompaniyaning boşqa Boeing-787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi yonilği tejaş samaradorligini oşiriş, şovqin darajasini pasaytiriş va atmosferaga CO2  ajrab çiqişini kamaytiriş imkonini beruvçi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari örnatilgan.

Bugungi kunda MAK Boeing-787 Dreamliner’larida Nyu-Yorkka töğridan-töğri parvozlar va boşqa xalqaro yönalişlardagi qatnovlar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.