28 yoşli Bhumi Çauhan 12 iyun kuni Air India’ning AI171 reysi bilan Londonga uçişi kerak edi. Ayolning aytişiça, u samolyotga çiqiş boşlanganidan 10 daqiqa ötib yetib kelgan. Aeroport xodimlari esa uni röyxatdan ötkazişdan boş tortib, samolyotga çiqişiga ruxsat bermagan. 

Bhumi uni maşinada olib kelgan haydovçidan ğazablanib, aeroportni alam bilan tark etişga majbur bölgan. 

“Qattiq xafa böldim. Aeroportdan çiqib, çoy içiş uçun töxtadik. Orada sayyohlik agentligi xodimi bilan çipta pulini qanday qilib qaytarib oliş haqida ham gaplaşdik. Öşa yerda menga samolyot halokatga uçraganini aytib qönğiroq qilişdi”, — deya eslaydi Bhumi.

Talaba ayol BBC muxbiri bilan suhbatda özining omon qolişini “möjiza” deb atagan. Uning çiptasi esa samolyotning ekonom-klassidagi 36G örin uçun bölgan. 

Bhumi Ankleşvardan 200 km masofa bosib Ahmadobodga kelgan, biroq şaharning markaziy yöllaridagi tirbandlik sabab reysga röyxatdan ötişga keçikkan. 

“Parvozni ötkazib yuborganimdan hafsalam pir böldi, tuşkunlikka tuşdim. Keyin esa miyamda faqat bir fikr aylanardi: agar biroz ertaroq yölga çiqqanimda men ham şu samolyotda bölardim”, — deydi Çauhan.

Eslatib ötamiz, 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod şahri aeroportidan Londondagi Gatvik aeroportiga uçgan Air India aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozdan taxminan 30 soniya ötib qulab tuşdi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bölgan 241 kişi halok böldi. Faqat bir yölovçi omon qolgan. Samolyot turar joy binosiga qulagani ortidan yerda ham odamlar halok böldi. Ularning soni 60 dan oşiqligi aytilmoqda.

Hindistonda Dreamliner qulaşi: aviahalokat sababi nima bölişi mumkin?