Isroil AQŞ bilan Eronning maxfiy harbiy-yadroviy loyihasi haqidagi ma'lumotlar bilan bölişdi va bundan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy bitim taqdiri haqida töğri qaror qabul qilişiga umid bildiradi, deb aytdi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu.

“Bu dahşatli bitimdir, uni tuziş kerak emas edi. Bir neça kundan keyin prezident Tramp u bilan nima qiliş kerakligi borasida qaror qabul qiladi. Işonçim komilki, u töğri qaror qabul qiladi. AQŞ, Isroil, butun dunyoda tinçlik bölişi uçun töğri qaror”, deb aytgan Netanyaxu.

U Trampning Eron 2015 yilda 6 ta eng “yirik davlatlar” bilan tuzgan bitimni qat'iylaştiriş yoki hamkorlar bilan kelişib bölmasa, bu bitimdan AQŞni olib çiqiş istagini qöllab-quvvatlagan.

Netanyaxu, şuningdek, Eronni yadroviy quroli yöqligi haqida yolğon sözlaganlikda aybladi.

“Eron yetakçilari bir neça marta ularda yadroviy qurol borligini rad etişgan. Men bugun bu yerda sizga bir narsani aytgani turibman: Eron yolğon sözlagan”, deb aytgan Isroil boş vaziri.  

Netanyaxu mahalliy televideniyening jonli efirida ivrit va ingliz tillarida Isroil qöliga Eron yadroviy dasturining “Omad loyihasi” deb şartli nomlangan maxfiy qismi bölganini isbotlovçi yarim tonnalik arxiv – yuz minglab yozma va raqamli hujjatlar tuşganini aytgan.

Netanyaxu Isroil razvedka tomonidan bir neça hafta oldin qölga kiritilgan uşbu ma'lumotlarni AQŞga taqdim qilganini aytgan.