Turkiya Respublikasi delegatsiyasining Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifi doirasida ikki davlat içki işlar vazirlari uçraşdilar. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar berdi.

2018 yilning 29 aprelidan 1 mayiga qadar Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida, ikki mamlakat içki işlar vazirlari tomonidan bir qator xalqaro şartnomalar imzolandi.

Ular - “Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida jinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlik qiliş töğrisida Bitim”, “Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida huquqni muhofaza qiliş sohasida öqitiş böyiça hamkorlik töğrisida Protokol”. 

Taşrif davomida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri Pölat Bobojonov va Turkiya Respublikasi içki işlar vaziri Sulaymon Söylu örtasida muzokaralar ötkazildi. 

Unda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarşi kuraşiş, şuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olişda özaro hamkorlik muhimligi bildirildi. 

Şuningdek, Özbekiston va Turkiya içki işlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxşilaş, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga kötariş maqsadida, Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirliklari örtasida Muvofiqlaştiruvçi işçi guruh tuziş masalasini muhokama qilişdi. 

Muhokama yakunlaridan keyin, Turkiya Respublikasi Içki işlar vazirligi delegatsiyasi Toşkent şahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanişişdi.