Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekiston Respublikasiga taşrifi doirasida 2018 yil 30 aprel kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri A.Gul Özbekiston Respublikasi boş prokurori O.Murodov tomonidan qabul qilindi.

Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati

Mehmonga Şavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligi ostida amalga oşirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qiliş, jinoyat qonunçiligini liberallaştiriş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan çoralar haqida ma'lumot berildi.

Şuningdek, Turkiya Respublikasi adliya vaziri A.Gul Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti, Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, şuningdek, Boş prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş va axborot xavfsizligini ta'minlaş boşqarmasi, Qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlaş muammolarini tahlil qiliş boşqarmasi hamda Oliy öquv kurslari faoliyati bilan taniştirildi.

Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş va faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş borasidagi iş tajribasi bilan almaşdilar.

Turkiya delegatsiyasi taşrifi doirasida 30 aprel kuni Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida ekstraditsiya haqidagi bitim, şuningdek Boş prokuratura huzuridagi Departament va Turkiya Respublikasi Moliya vazirligining Moliyaviy jinoyatlar tekşiruvi Kengaşi (MASAK) örtasida özaro anglaşuv Memorandumi imzolandi.