Özbekiston va Turkiya mudofaa idoralari öquv dasturlari va maşğulotlarida harbiy xizmatçilarining özaro iştirok etişini nazarda tutuvçi yaqin hamkorlikni yölga qöyadi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi davomida kelişib olindi.
«Tomonlar ikki mamlakatning mudofaa idoralari va qurolli kuçlari örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaş, harbiy ta'lim sohasida tajriba almaşiş hamda boşqa tomon taşkil qilgan öquv dasturlari va maşğulotlarida harbiy xizmatçilarining özaro iştirok etişlari böyiça hamkorlikni kengaytiriş tarafdori ekanliklarini bildirdilar», - deyiladi prezidentlarning qöşma bayonotida.
Prezidentlar mintaqaviy tinçlik va barqarorlikka hissa qöşadigan qöşma dasturlarni amalga oşiriş va tajriba almaşiş orqali mudofaa, mudofaa sanoati sohalarida, şuningdek, harbiy-texnikaviy masalalarda aloqalar va hamkorlikning faollaşganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Davlat taşrifi vaqtida prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan Qöşma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari örtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta'lim, turizm va boşqa sohalarga doir 24ta hujjat imzolandi.













