Özbekiston va Turkiya ikki davlat işbilarmon doiralari vakillari örtasida hamkorlikni yanada kengaytiriş, şuningdek, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida ikki mamlakatda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş markazlarini taşkil etişga kömaklaşişga kelişib oldi. Bu haqda prezidentlarning qöşma bayonotida aytiladi.
Eslatib ötamiz, Rajab Toyyib Erdöğan 29 aprel – 1 may kunlari Özbekistonda davlat taşrifi bilan böldi.
«Prezidentlar Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş strategik xususiyat kasb etişini qayd etdilar», - deyiladi bayonot matnida.
Davlat rahbarlari 2017 yilda mamlakatlar örtasidagi ikki tomonlama savdo hajmining sezilarli darajada oşganligini mamnuniyat bilan ta'kidladilar hamda yaqin yillarda uni 5 milliard AQŞ dollariga kötarişga qat'iy tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Turkiya tomoni Turkiya tadbirkorlarining Özbekistonga investitsiya kiritişlarini bundan buyon ham qöllab-quvvatlaş niyatida ekanligini yana bir bor tasdiqladi, Özbekiston tomoni esa Turkiya investorlari uçun investitsiya kiritişni yengillaştiriş va protseduralarni soddalaştirişda zarur kömak berişga tayyorligini ma'lum qildi.
Tomonlar energetika va toğ-kon, şu jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va uglevodorodlar sohalarida hamkorlik örnatiş va rivojlantiriş hamda ma'lumot va tajriba almaşiş imkoniyatlarini örganişni qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqladilar.













