Sport | 08:14 / 06.05.2018
12413
1 daqiqa o‘qiladi

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamari uchun jangda rossiyalik Dmitriy Chudinovni mag‘lub etdi

Foto: Sports.uz

Toshkentda WBC Silver kamari uchun 76,2 kg vazn toifasida o‘tgan 12-raundlik jangda o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov WBA’ning sobiq vaqtinchalik chempioni, rossiyalik Dmitriy Chudinovni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.

Jangda Chudinov 1-raqamli bokschi bo‘lib harakat qilgan bo‘lsa-da, Abdug‘ofurov raqibidan tezroq, aniqroq va turfaroq harakat qilib, haqli ravishda g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Ushbu jang Chudinov uchun oxirgi o‘tqazgan 3 ta jangidagi 2-mag‘lubiyati bo‘ldi.

26 yoshli hamyurtimiz Abdug‘ofurov hisobida 11 ta g‘alaba (4 ta nokuat bilan) bor va birorta mag‘lubiyat yo‘q. Azizbek havaskor boksda O‘zbekistonning 3 karra chempioni, Butunjahon universiadasi finalchisi va jahon chempionati chorakfinalchisi hisoblanadi. Professional boksda 2016 yil may oyidan Malayziyaning Vladimir Boxing Gym promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ishtirok etib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов