Samarqand veterinariya meditsinasi institutini taşkil etiş töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda.
Qaror bilan Samarqand qişloq xöjaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti taşkil etilib, institut va uning qoşidagi akademik litsey Oliy va örta ta'lim vazirligi tizimiga ötkazildi.
Ma'lum qilinişiça, institutda veterinariya va çorvaçilik sohasi uçun yangi zamonaviy bilimlarga ega bölgan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
2018/2019 öquv yilida Institut magistratura bosqiçiga (50 kişi) Özbekiston fuqarolarini qabul qiliş töliq davlat granti asosida amalga oşiriladi.
Institutning bakalavriat bosqiçiga qabul kvotasi 800 kişi, şu jumladan tölov-kontrakt asosida 525 kişi, davlat granti asosida 275 kişi etib belgilandi.













