10 may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida deputatlar avval siyosiy partiyalar fraksiyalarining, Özbekiston  Ekologik harakati deputatlar guruhining, qömitalar va ular huzurida faoliyat körsatayotgan ekspert guruhlarining majlislarida muhokama qilingan bir qator qonun loyihalarini körib çiqişdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar bergan.

Deputatlar dastavval Qonunçilik palatasi Kengaşi tomonidan taklif etilgan majlis kun tartibini muhokama qildilar. «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari masalalar yetarliça qamrab olinmaganligi sababli nogironligi bölgan şaxslarning injyenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlariga tösqinliksiz kirişini ta'minlaşga doir talablarni bajarişdan böyin tovlaganlik, şuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini kun tartibidan çiqariş taklifini bildirdilar. Mas'ul qömitaga uşbu qonun loyihasini Qonunçilik palatasining majlisiga takroran kiritiş uçun qonunçilik taşabbusi huquqi  sub'yekti bilan birga takomillaştiriş topşirildi.

Söngra deputatlar öz işini joriy yilning fevral oyi boşida parlament quyi palatasi majlisida birinçi öqişda kontseptual jihatdan ma'qullangan «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda muhokama qilişdan boşladilar.

Ta'kidlab ötilganidek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, şuningdek Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligining taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etiş töğrisida»gi Qarori qabul qilingan.

Qonunning qabul qilinişi Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligining taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillaştirişga, uning qonun ijodkorligi jarayonidagi hamda ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşirişdagi iştiroki samaradorligini oşirişga imkon berişi qayd etib ötildi.

Şundan söng fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalaniş borasidagi şaxsiy manfaatdorligi va mas'uliyati oşirilişini, jamoatçilik nazoratining ta'sirçan tizimi qonunçilik asosida belgilanişini ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi  deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda muhokama qilindi.