Navbatdagi yevromavsum ham nihoyasiga yetib bormoqda. Angliya, Germaniya va Rossiyada bu hafta çempionat öyinlari yakuniga yetadi. Fransiya va Italiyada 37-tur öyinlari bölib ötadi.
E'tiboringizga dam oliş kunlari uşbu çempionatlarda böladigan ahamiyatli öyinlar haqida ma'lumotlarni havola qilamiz.
ANGLIYa
Hafta örtasidagi öyinlar natijasi juda köp masalaga oydinlik kiritdi. Endi «Mançester Yunayted»ga qöşilib, «Tottenhem» ham kelasi mavsumda YeÇLda iştirok etiş yöllanmasini rasman qölga kiritdi. Sönggi yöllanma uçun «Liverpul» va «Çelsi» sönggi turda kuraş olib boradi. Hozirda «Liverpul»da 72, «Çelsi»da 70 oçko mavjud.
«Çelsi»ning çorşanba kuni öz maydonida «Haddersfild» bilan durang öynaşi 4-örin uçun kuraşdagi imkoniyatni pasaytirib yubordi. Endi «Liverpul» sönggi turda «Brayton» bilan durang öynasa kifoya. Birinçi navbatda, töplar nisbati e'tiborga olinişini hisobga olsak, londonliklar töplar nisbati böyiça 4-öringa kötarilişlari uçun sönggi turda 15 gol farqi bilan ğalaba qozonişlariga töğri keladi.
Bundan taşqari, APLni tark etuvçi oxirgi jamoa nomi ham sönggi turda rasman ma'lum böladi. Ha, faqat rasman. Zero asosiy raqibiga öz maydonida mağlubiyatga uçragan «Suonsi» endi «Sauthempton»ga yetib olişi qiyin. Orada farq uç oçko. Töplar nisbati böyiça esa, «Sauthempton» 9 golga ustun bölib turibdi. Demak, sönggi turda «Suonsi» ğalaba qozonişi, «Sauthempton» mağlubiyatga uçraşi, bu ham yetmasdan, yana, bu ikki öyinda umumiy olganda +9 yöqolişi kerak. Aks holda, ligani tark etadigan uçinçi jamoa «Suonsi» böladi.
ITALIYa
Italiyada bu hafta sönggi emas, 37-tur bölib ötadi. Aytiş mumkinki, kuçli beşlikda eng keskin intriga aynan «A Seriya»da bölib qolmoqda. Birinçidan, Çempionlar ligasi uçun ikki yöllanmaga uç jamoa qattiq kuraş olib borişyapti. Ikkinçidan, biratöla 6 jamoada A Seriyani tark etuvçi 18-öringa tuşib qoliş xavfi bor – 14-örindagi «SPAL 2013» va 18-örindagi «Kalyari» orasidagi farq atigi 2 oçko xolos.
Ayniqsa, mana şu oltilikdagi «Verona» va «Udineze» örtasidagi öyin ham juda qiziqarli keçişi kutilmoqda.
Bu hafta bir katta uçraşuv bor. «Roma» öz maydonida «Yuventus»ni qabul qiladi. «Yuventus» ötgan haftada çempionlikni, kuni keça esa, kubokni qölga kiritganidan söng, katta ehtimol bilan bu öyinda biroz kuçsizlangan tarkib bilan öynaşi kutilmoqda. «Roma» uçun esa, bu öyindagi ğalaba juda zarur. Rimliklar 3 oçkoni qölga kiritişsa, YeÇL yöllanmasini hal qiladi.








