«Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondini tashkil etilish bilan bog‘liq tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilishicha, shuningdek, Farmonda tegishli idoralarga fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari sifatida tushadigan mablag‘lar «Vaqf» xayriya jamoat fondining alohida hisob raqamida to‘planishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablag‘larning tushishi va sarflanishida to‘liq shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish topshirilgan.
Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarni davom ettirishga ko‘maklashish hisoblanadi.
Ushbu fondning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.
Adliya vazirligi tomonidan Fond boshqaruv rahbari Jaloliddin Xamraqulovga fondning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirildi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025