Özbekiston prezidentining AQŞga taşrifi arafasida uşbu taşrifni yorituvçi jurnalistlar bilan birga okean ortiga yöl olgan jurnalist, Xalqaro press-klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev feysbukdagi sahifasida Amerika safari taassurotlari bilan bölişmoqda.

Nega Amerika Beruniya deb atalmaydi?

Amerikadagi ilk taassurotlarim böyiça postimdan söng köplab fikr va takliflar oldim. Savollar ham köp böldi. E'tibor va munosabat uçun rahmat. Bugungi postimda şu savollarning ba'zilariga javob bersam. Ba'zan bu olamning minglab riştalar bilan boğliqligi va bir-biridan uzoqdek tuyulgan olamlar qançalik yaqinligini tasavvur qiliş kişini hayratga soladi. Masalan, Amerika va Özbekiston oraliğini qariyb 11 000 kilometr masofa hamda tubsiz va çeksiz okean ajratib tursada, guyoki, bizga har safar Amerika yangidan kaşf etilgandek tuyulaveradi.

Tarixdan yaxşi xabardor kişilar yaxşi biladiki, Amerika qit'asining borligi haqida Kolumbdan oldin özbek olimi aytgandi. Amerikaning oçilişi rasman 1492 yilning 12 oktabri deb hisoblanadi. Öşa kuni maşhur yevropalik jahongaşta dengizçi Xristofor Kolumb yangi olam sohillariga langar taşlaydi. Endi yana özbek olimiga qaytamiz. 973 yilda Xorazm hududida tuğilgan Abu Rayhon Beruniyning bugungi zamonaviy kaşfiyotlarni yaralişida ançagina mehnati singgan. Beruniy Yer sayyorasining ölçovini aniqlik bilan ölçagan dunyodagi birinçi olimdir. Beruniy ölçami bugungi olimlarning hisob-kitoblaridan (kompyuterda hisoblaganda albatta) atigi 17 kilometrga farqlanadi. Yer ölçovini bilganda u Osiyo, Afrika va Yevropa kit'alari dunyoning unça katta bölmagan bölagi 2/5 qismini anglatişni ma'lum qiladi. Xöş qolgan 3/5 qismi nimadan iborat. Abu Rayhon Beruniy Yevropa va Osiyo örtasida boşqa qit'a borligiga oid ilmiy gepotizasini ilgari suradi. Beruniy umrida okean körmagan inson bölsada, buyuk ixtirosi bilan «buyuk kaşfiyot toji»ini kiyişga haqli. Töğri, u Xristofor Kolumb kabi yoğoç kemada Amerika sohiliga qadam qöymagan bölsada, Amerikadan 11 000 kilometr uzoqlikda turib, aql maş'ali ila öz qalami uçida yangi kaşfiyot ğoyasini berdi. Va bu 5 asrdan söng öz tasdiğini topdi. Xöş nima uçun unda bu yurt Amerika deyiladi? Xristofor Kolumbiya yoki Beruniya deyilmaydi? Birinçidan, bobomiz kamtarlikka borgan, ikkinçidan, Yevropada osiyolik olimlar bilan muloqot va jurnallar bölmagan. Uçinçidan, örtada tarixga tasodifan kirgan yana bir şaxs bor. U 1454 yilda Florentsiyada tuğilgan Amerigo Vespuçidir. U tadqiqotçi, savdogar va sayyoh bölgan va Mediçilar oilasiga xizmat kilgan. U Kolumb xaritasi asosida sayyohatga çiqqandi. Kolumb Amerikaga birinçi borgan bölsa ham, u yerga «Vest Indiya», ya'ni Osiyoning davomi sifatida qaraydi va Kolumbdan farqli ravişda körganlari haqida Florentsiya zodogonlariga hikoya qiladi, köplab maktublar yullaydi. Ölimidan söng uning yozgan maktublari «Rakkolta» naşrida va Yevropaning boşqa jurnallarida ham çop etiladi. Kolumbning asarlari esa hali ommalaşmagan edi (uning qaraşlari va asarlari ölimidan 50 yil ötib ommalaşgan). Şu bois yangi olamga bu materikning mö'tadil iqlimi u yerda yaşovçi aborigenlar va ajoyib tuproqni ta'riflagan Amerigo nomiga ötib ketadi. Zotan, bu faktlar öşa davrda ijtimoiy tarmoqlar bölmasada, jurnallar orqali ommalaşgan. U Amerika va Amerikaning asl xalqi, urf-odatlari töğrisida juda köp yozgandi.