7 may kuni milliondan ortiq özbekistonliklar öz baxtini sinab köradigan, xalq orasida «Green Card» nomi bilan tanilgan AQŞning Turli millat vakillariga viza dasturining 2019 yilgi javoblari çiqdi. Javoblarni maxsus kodni kiritiş orqali maxsus saytdan tekşirib köriş mumkin.
1990 yildan beri har yili tasodifiy tanlangan 50 ming çet ellikka AQŞda yaşaş uçun ruxsatnoma berib kelinadi. Bu lotereyaning rasmiy nomi «Turli millat vakillariga viza» dasturi bölib, xalq orasida «grin-karta» sifatida tanilgan. Amerika orzusini röyobga çiqariş istagida bölgan yuz millionlab kişilar lotereya orqali öz baxtini sinab köradi.
Green Card’ning maqsadi AQŞga kam köçib keluvçi aholiga boşqalar (immigratsiya körsatkiçi yuqori mamlakat fuqarolari) kabi teng imkoniyatlar yaratişdir. Dastur AQŞ Davlat departamenti, Fuqarolik va Immigratsiya xizmatlari (Citizenship and Immigration Services) hamda Amerika immigratsiya taşkilotlari bilan hamkorlikda yilda bir marta ötkaziladi.
Bu yilgi DV-2020 dasturi, boşqaça nom bilan aytganda, Green Card uçun ham 50 mingta viza ajratilgan. Ğoliblarni kompyuter tasodifiy tanlaydi. Beriladigan vizalar mamlakat va mintaqa böyiça çeklangan. Heç qaysi mamlakatga umumiy «grin-karta»ning 7 foizidan (3,5 ming) ortiği berilmaydi. Yevropa va Afrika mamlakatlariga eng köp kvota ajratilgan. Dasturda immigratsiya körsatkiçi yuqori davlatlar (Bangladeş, Braziliya, Kanada, Meksika, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Ekvador, Salvador, Gvatemala, Haiti, Hindiston, Yamayka, Pokiston, Peru, Filippin, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Vetnam, Hongkong, Makao va Tayvan)dan taşqari istalgan mamlakat fuqarolari qatnaşiş imkoniyatiga ega.
Green Card Lottery’ning 2018 yilgi statistikasiga köra, eng köp lotereya sohiblari (4199ta) Eron Islom Respublikasi fuqarolaridir. 2-örinni Misr (4185ta) egallagan. Kuçli uçlikni Ukraina (4025ta) yakunlagan. Röyxatda 4-örin Efiopiya (3856ta), 5-örin Rossiya (3641ta), 6-örin Nepal (3633ta), 7-örinni esa Özbekiston (3461ta) band etgan. Bu borada Özbekiston Örta Osiyo davlatlari orasida yetakçidir. Qöşni respublikalarda körsatkiç ança past. Masalan, Qozoğistonda 886 kişi, Qirğizistonda 693, Tojikistonda 1171 va Turkmanistonda 258 kişiga «omad kulib boqqan».
Ma'lumot uçun, 2019 yil uçun Green Card lotereyasini töldiriş 2018 yilning 3 oktyabrida boşlangan edi.
Natijalarni tekşiriş uçun ariza topşirgan vaqtda taqdim etilgan nomer, ariza beruvçining familiyasi va tuğilgan yilini quyidagi manzilga kiritişi lozim:

















