Mustaqilligi: 28 avgust 1825 yil
Poytaxti: Montevideo
Boşqaruv şakli: Respublika
Rasmiy tili: Ispan
Aholisi: 3,4 million (130-örin)
Valyuta: Peso

URUGVAY TeRMA JAMOASI.

Laqabi – «Moviy olimpiya yulduzlari»
Konfederatsiya – KONMeBOL (Janubiy Amerika)
Federatsiya – Urugvay futbol assotsiatsiyasi
Ikki karra jahon çempioni – 1930, 1950
15 karra Amerika kubogi sohibi –1916, 1917, 1920, 1923, 1924, 1926, 1942, 1956, 1959 (2), 1967, 1983, 1987, 1995, 2011
Terma jamoa tarkibida eng köp iştirok etgan – Maksi Pereyra (124)
Eng köp gol kiritgan – Luis Suares  (49)
Ilk öyin – 1901 yil. 16 may. Argentina - 2:3
Eng yirik ğalaba – 1927 yil. 9 noyabr. Boliviya – 9:0
Eng yirik mağlubiyat – 1902 yil. 20 iyul. Argentina – 0:6

Maşhur dengiz sayyohi Magellan uzoqdan quruqlik belgisini körib qoladi va «Men toğni köryapman», (ya'ni ispan tilida «Monte vide eu») deb qiçqiradi. Aytişlariça, xuddi şu ibora keyinçalik Urugvay poytaxti Montevideo atamasiga asos bölib xizmat qilgan ekan.

Har qanday futbol ensiklopediyasini varaqlasangiz, közingiz qöyidagi ma'nodagi jumlalarga tuşişi aniq – «Urugvay 20 asrning birinçi yarmida dunyoning eng kuçli jamoasi edi». E'tibor bering, kuçlilardan biri emas, eng kuçli deyilmoqda. Bunga asoslar yetarli.

Urugvayga futbol 19 asr oxirlarida, britaniyalik dengizçilar tomonidan, dengiz yöli orqali olib kelingan va albatta bu ajoyib öyin mahalliy aholiga juda yoqib qolgan. Har yerda futbol öynay boşladilar, klublar paydo böldi, 1900 yilda esa milliy federatsiya taşkil etildi, 1 yil ötib milliy terma jamoa Argentinaga qarşi öyinda ilk bor maydonga tuşdi. Umuman, Argentina terma jamoasi Urugvayning eng azaliy raqibi hisoblanadi, hatto jamoa ilk yuzta örtoqlik öyinidan saksontasini aynan Maradona ajdodlariga qarşi ötkazgan.

Xullas, Urugvay futbolni tezda özlaştirib oldi, 1916-24 yillar davomida beş marta Janubiy Amerikada tengsiz  topilgan bölsa, Parijda ötgan Olimpiadada (u paytlarda deyarli jahon çempionati maqomida edi) urugvayliklar finalda Şveytsariyani 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi va oltin medallarni qölga kiritdi. Mehmonlarning takrorlanmas texnik futboliga maftun bölgan yevropaliklar ularni «dunyoning sakkizinçi mö'jizasi» deb atadilar, körsatgan öyinlariga esa «afsonaviy» deb ta'rif berdilar.