Davlat personallaştiriş markazi saytining yangi versiyasi işga tuşirildi. Sayt orqali biometrik pasport va fuqaroligi bölmagan şaxslarning harakatlaniş hujjatini oliş uçun elektron navbatga turiş mumkin.
Norma’ning yozişiça, servisdan foydalaniş uçun saytning «Interaktiv xizmatlar» bölimiga kiriş kerak. Murojaatga bir iş kuni davomida işlov beriladi va arizaçiga SMS-xabar vositasida bron qilingan navbat sanasi va vaqti haqida axborot keladi.
Şu yerning özida ariza-anketa blankasini töldirib, qoğozga çiqariş yoki töldirilmagan blankani qoğozga çiqariş mumkin.
Maxsus funksiya davlat bojini tölaş uçun kvitansiyani generatsiyalaş va uni iş kuni davomida qoğozga çiqariş imkonini beradi.
Davlat bojini Click tizimi orqali tölaş mumkin.
Ilgari uşbu tartib-taomillardan ötiş uçun tuman ma'lumotlar yiğiş punktiga albatta boriş kerak bölar edi.








