Özbekiston Respublikasi prezidentining Matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov AQŞ poytaxti Vaşington şahridagi matbuot markazida brifing ötkazdi.

«Xabaringiz bor, 15 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining AQŞga rasmiy taşrifi boşlanadi, — deb boşladi K.Allamjonov brifingni. — Davlatimiz rahbarining samolyoti 15 may kuni Vaşingtondagi Endryus aeroportiga qönadi.

Şavkat Mirziyoyevni AQŞ davlat departamenti rahbariyati va boşqa rasmiy şaxslar kutib oladi.

Bu taşrifga har ikki tomon ham katta e'tibor bilan qaramoqda. AQŞ ma'muriyati Özbekiston prezidenti taşrifini tarixiy, deb baholamoqda.

Fursatdan foydalanib, sizlarga taşrifdan örin olgan tadbirlar haqida ma'lumot berib ötmoqçiman.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bölib ötadi. Keng doiradagi muzokaralarda Özbekiston va AQŞ delegatsiyasi vakillari iştirok etadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Taşrif davomida 40dan ortiq hujjatlar qabul qilinişi, şu jumladan, umumiy qiymati 8,5 mlrd dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanişi rejalaştirilgan. Bu raqamlar, albatta, taşrif davomida özgarişi mumkin. Bu haqda qöşimça ma'lumotlar beriladi.

Şu kuni keçqurun Özbekiston tomoni rasmiy qabul marosimi ötkazadi, bu yerda AQŞ ma'muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari iştirok etadi.

Prezidentimiz 17 may kuni Pentagonga taşrif buyurib, AQŞ mudofaa vaziri bilan muzokara ötkazadi. Kapitoliyda kongressmenlar va senatorlar bilan uçraşib, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni hartomonlama mustahkamlaş masalalarini muhokama qiladi.

Şavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti bilan uçraşib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb qiliş böyiça muzokara olib boradi.

Taşrif davomida bölib ötadigan muloqotlar, ularning natijalari haqidagi qöşimça ma'lumotlar matbuot markazi orqali yetkazib boriladi».