Joriy yilning 13 may kuni Toşkent va Sirdaryo viloyatlari böyiça hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Toşkent şahrida joylaşgan «Eski juva»​ bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida toşbaqa, bulbul va tipratikonlarni savdosi bilan şuğullanayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi

Xabar qilinişiça, «​Eski juva»​ bozorida olib borilgan reyd tadbirida fuqarolar E.R.Pirmetov, A.B.Qurbonov, A.A.Axmedov yovvoyi holdagi jami 21 ta toşbaqa, 7 ta bulbul va 1ta tipratikon savdosi bilan noqonuniy şuğullanayotgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi

Undan taşqari, Toşkent şahrida joylaşgan «Yangiobod» ixtisoslaştirilgan bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida yovvoyi holdagi jami 15 ta toşbaqa, 9 ta tipratikon, 1 ta kolvor ilon, va 4 ta çumçiqsimonlar oilasiga mansub quşlar bilan noqonuniy ravişda savdo qiliş holatlari aniqlanib, barça olib qöyilgan yovvoyi hayvonlar örnatilgan tartib asosida tabiatga qöyib yuborilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi

«Hozirgi kunda hududlardagi mavjud bozorlarda, aholi punktlarida noqonuniy tarzda yovvoyi turdagi quş, hayvonlarni sotilmasligi yuzasidan doimiy tarzda tarğibot va taşviqot işlari olib borilmoqda», deydi qömita mas'ul xodimi.
Xabarda aytilişiça, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar asosida huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda çoralar körilmoqda.