Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuni falastinliklarga qarşi aparteid (irqiy ajratiş, tahqirlaş va jabrlaş) siyosatini yurgaziş va jinoyatlar sodir etişda aybladi.
“Netanyaxu BMT rezolyutsiyalarini 60 yil buzgan holda himoyasiz odamlar yerlarini egallab kelayotgan aparteid davlat boş vaziri. Uning qöllarida falastinliklar qoni bor va u Turkiyaga hujum qilib jinoyatlarini yaşira olmaydi. Insoniylikni örganişni istaysizmi? Ön amrni öqing”, deb yozgan Erdöğan tvitterda.
Netanyaxu bunga javoban Erdöğanni Isroilga “va'zxonlik qila olişi mumkin bölganlardan” eng oxirgisi deb atadi. Uning aytişiça, Erdöğan şimoliy Kipr okkupatsiyasini qöllab-quvvatlaşga va Suriyaga bostirib kirişga minglab askarlarni jönatadi. Netanyaxuning ta'kidlaşiça, “qölida sanoqsiz kurd qurbonlari qoni bölgan” odam heç kimni harbiy etikaga örgata olmaydi.
Şuningdek, Erdöğan Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey bilan Londondagi matbuot anjumanda “Tarix AQŞ va Isroilni keçirmaydi. Biz buning guvohi bölamiz”, deb aytgan.
Erdöğan, şuningdek, Islom hamkorlik taşkilotining Falastindagi vaziyat böyiça favqulodda sammiti butun dunyo uçun jiddiy ogohlantiriş bölişini aytgan.
Turkiya yetakçisi xalqaro hamjamiyat va BMTning zudlik bilan harakatlarga ötib, Falastindagi zöravonlikka çek qöyişga çaqirgan.
Erdöğan AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişiga töxtalib, Vaşington bu qadam bilan Arab-Isroil ixtilofining tarafdori ekanini körsatdi, deb aytgan.
“Bizga AQŞning elçixonasini Al-Qudsga köçiriş va Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qiliş taşabbusi noma'quldir. AQŞning ongsiz siyosati Isroilni okkupatsiya va zöravonlikni yanada kuçaytirişga ilhomlantirdi. Bunday siyosat oqibati 60 falastinlikning ölimi, 2500 dan köproğining yaralanişi böldi, ulardan köpi oğir ahvolda”, deb aytgan Erdöğan.














