Isroil taşqi işlar vazirligi Turkiyaning Al-Qudsdagi boş konsulidan mamlakatni tark etişni talab qildi. Bu haqda Jerusalem Post naşri ma'lum qildi.
“Boş konsul muayyan vaqt davomida Turkiyaga maslahatlaşuvlar uçun qaytişi taklif qilindi”, deb aytgan Isroil taşqi işlar vazirligi vakili.
15 may kuni xuddi şunday çoralar Turkiya hukumati tomonidan Isroil elçisiga nisbatan amalga oşirilgandi.
Ikki davlat örtasidagi diplomatik ixtilof Ğazo sektoridagi voqealar bilan boğliq holda yuz bermoqda. Bu yerda isroillik harbiylar bilan töqnaşuvlarda 100 dan oşiq falastinlik halok bölgan.














