Saudiya Arabistoni hukumati AQŞning Tel-Avivdagi elçixonasining Al-Qudsga köçirilişini “falastinliklar huquqlarining jiddiy poymol qilinişi” deb atadi va elçixonani tan olişdan boş tortdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni yangiliklar agentligi qirol Salmon boşçiligidagi yiğiliş natijalariga köra ma'lum qildi. 

“Hukumat AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişini tan olişdan boş tortişini bildiradi va bu qadam falastinliklarning Al-Qudsga tarixiy huquqlarining jiddiy poymol qilinişi ekanligini ta'kidlaydi”, deb aytilgan xabarda. Saudiya Arabistoni hukumati AQŞ ma'muriyatining bu qadamini “butun dunyodagi musulmonlar nafsoniyatiga teguvçi, tinçlik jarayonini ilgari surişdagi katta ortga ketiş” deb baholagan.