Janubiy Koreya KXDRning vazirlar darajasida muzokaralar ötkazişdan tösatdan boş tortgani tufayli afsusda ekanini bildirdi. Bu Amerika-Janubiy Koreya harbiy maşqlari tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» mamlakatning Milliy birlaşuv işlari böyiça vazirligi bayonotiga asosan.

«Janub va Şimolning yuqori darajadagi muzokaralarini Amerika-Janubiy Koreya muntazam harbiy-havo maşqlari bahonasi bilan bir tomonlama keçiktiriş 27 aprel kuni ikki davlat yetakçilari tomonidan muvofiqlaştirib olingan Pxanmunjom deklaratsiyasiga mos kelmaydi va afsusga sabab bölmoqda», - deyiladi bayonotda.

Pentagondan ma'lum qilişlariça, Janubiy Koreya va AQŞning qöşma harbiy maşqlari faqat mintaqa himoya salohiyatini oşirişga möljallangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreyaga taklif bilan çiqqani, u qabul qilingani xabar berilgandi.